"RIAGIATM" DM ma'muriyati bemorlarimizdan poliklinikada va qabul bo'limlarida sanitariya-gigienik xavfsizlik me'yorlariga rioya qilishlarini qat'iy ravishda so'raydi! Axir, bu nafaqat bizga, balki sizga ham bog'liq! Poliklinikaga kiraverishda to'planmang - chunki xonada olomon to'planishining oldini olish uchun hamshiralar poliklinikadagi navbatga qarab, sizning har biringizni chaqirishadi! Poliklinikaning hovlisida ko'plab o'rindiqlar mavjud, ulardan foydalanib o'z navbatingiz kelgunicha soyada kutishingiz mumkin. Poliklinikaga kirishda haroratni o'lchash va qo'llarni tozalash majburiydir. Ro'yxatga olish, kassa va  shifokorlar qabulida  ijtimoiy masofani saqlang. Hamshiralarimizni hurmat qiling, ularning zimmasiga hozir katta mas'uliyat(Sizni kutib olish, bemorlarning oqimini tartibga solish, savollarga javob berish, haroratni tekshirish va hz) yuklatilgan. Shuni unutmangki, shifokorlarni ham poliklinikaga kirishda, navbatchilar tomonidan haroratlari o'lchanadi, qo'llarini tozaligi ta'minlanadi va har kuni har bir shifokorning harorati jurnalga yozib qo'yiladi.   Bir-biringizni hurmat qiling va qo'llab-quvvatlang! O'zingizni asrang! Sog' bo'ling!


              

"RIAGIATM" DM "Oila va nikoh" ilmiy-maslahat poliklinikasida elektrokardiogram egri chizig'ini olish (ayollar va erkaklar uchun) yuqori sifatli, olti kanalli ECG600G elektrokardiografi yordamida amalga oshiriladi. Sog' bo'ling! O'zingizni asrang!

 

Endi bizni  telegram kanal orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Sog' bo'ling! O'zingizni asrang!

 

"RIAGIATM" DM C6A HD rusumli 4 ta yangi video kolposkoplar xarid qildi va ularni "Oila va nikoh" ilmiy maslahat poliklinikasi  ginekologlari  xonalariga o`rnatildi. Yorqin LED tabiiy yorug'lik tizimi, yuqori aniqlikdagi kamera va elektron yashil filtr bilan jihozlangan C6A HD video kolposkopi bachadon bo'yni tekshiruvining to'liq ekranli ko'rinishini ta'minlaydi, ginekologga klinik qaror qabul qilish uchun muhim va aniq ma'lumotlarni taqdim etadi. Sog' bo'ling! O'zingizni asrang!

DAVLAT BAYROG‘I

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT GERBI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

DAVLAT MADHIYASI

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan.

Manbaa



Murojaat uchun:

  • Manzil: 100124, Toshkent, Mirzo-Ulug`bek tumani, Mirzo-Ulug`bek ko`chasi, 132-a uy (Mo`ljal: Tramvay deposi)
  • Tel: 263-78-33(21)
  • Tel/faks: (371) 263-84-83
  • Е-mail: info@uzaig.uz