Специальные возможности
OilyTheme

Qo’shni davlatlar bilan amaliy hamkorlik

Bugungi kunda O'zbekistonning yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan xalqaro hamkorligi ochiqlik, o'zaro ishonch, qo'llab-quvvatlash, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida turli yo'nalishlarda jadal rivojlanmoqda. Shu nuqtai nazardan, "RIOvaBSIATM" DM qo'shni respublikalarning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari va muassasalari bilan ikki tomonlama o'zaro manfaatli aloqalarga alohida e'tibor qaratib, ularga muhim joy ajratmoqda. Buning yaqqol tasdig'i sifatida Markaz va bir qator O'rta Osiyo respublikalari profil tashkilotlari o'rtasida imzolangan hamkorlik memorandumlari, shuningdek xalqaro hujjatlar asosida amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlarni ko'rishimiz mumkin.

Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib, Markaz mutaxassislari N. A. Umarova – Markazning ultratovush diagnostikasi bo'lim mudiri; F. K. Miraliyev –  endovizual laporoskopik ginekologiya bo'limi mudiri hamda U. Sh. Isamova – "Oila va nikoh" konsultativ poliklinikasi akusher-ginekologi, joriy 2024 yil 12 yanvaridan 2024 yil 14 yanvarigacha, Tojikiston Respublikasining taklifiga binoan, "RIOBSIATM" DMda taqdim etilayotgan xizmatlar bilan aholini xabardor qilish maqsadida So’g`d viloyatining turli hududlarida qabul o'tkazib, Xo`jand shahrida faoliyat yuritayotgan "Afzal" davolash-diagnostika markazi faoliyati bilan atroflicha tanishildi, tajriba almashildi va tibbiyot sohasida hamkorlik rejasi ishlab chiqildi.

Полезные ссылки