Специальные возможности

Chaqaloqlar reanimatsiyasi va intensiv davolash bo`limi

Bo`lim mudirasi Xolmatova Zoya Kosimovna - oliy toifali shifokor. Mehnat staji – 39йил. «RIA va GIATM» AJda – 21 yil.

Bo`lim  2-qavatda joylashgan.

Bo`limda IVL apparati, SRAR apparati, Monitorlar, chaqaloqlar isitish sistemalari, bolalar inkubatori, fototerapiya lampasi, transport kuvezi, bilirubin-gematokrit ulchatgich, rentgen-apparati, UZI apparati va otsoslar mavjud.

Bo‘limda vaqtidan oldin tug‘ilganlar , og‘ir asfiksiyada, mekoniy bilan aspiratsiyalangan, nafas nosozligi bilan tug‘ilgan chaqaloqlar , tug‘riq shikastlari, infeksiyalangan, giperbilirubinemiya (Rh konflikti, AVO sistemasi konflikti), onada qandlik diabet bo‘lgan chaqaloqlar yotadi.

Bo‘limda bolalarni to‘liq bioximik: bilirubin, umumiy oqsil, fermentlar, mochevina, kreatinin, S-reaktiv oqsil, qon guruxi, Rh-faktor taxlillari aniqlanadi. Infeksiyaga gumon bulgan chaqaloqlar: umumiy klinik, bakteriyalogik, immunologik qon taxlili utkaziladi. Gemmoragik sindromi bilan bo‘lgan chaqaloqlar: qonning ivish sistemasi, KSHS- taxlillari qilinadi.

Nasliy va xromosom abberatsiyalari bilan, yuqori darajadi genetik ko‘riklar o‘tkaziladi.
Bo‘limdagi shifokorlar muntazam navbatchilikda turishadi, shifokorlar konsiliumida ishtirok etadilar. Onalar bilan bola parvarishi va ko‘krak suti targ‘ibotini olib borishadi.

Qabulga yozilish

Полезные ссылки