Специальные возможности

Yangiliklar

OilyTheme

2-avgust 2022-yildan RIAGIATM DM klinik ordinaturasiga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul e’lon qilindi

Hurmatli abiturentlar!

2-avgust 2022-yildan RIAGIATM DM klinik ordinaturasiga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul e’lon qilindi:
1. “Akusherlik va ginekologiya”
2. “Bolalar va o‘smir qizlar ginekologiyasi”
3. “Neonatologiya”

Qabul to‘g‘risida batafsil: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yilda 18 iyuldagi  №200 sonli buyrug‘i.

Hujjatlar 2022 yil 22 avgustgacha har kuni dushanbadan shanbaga qadar soat 9.00dan 18.00gacha quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahar, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a. 

Hujjatlar qabul qilish bo‘yicha mas’ul: 
1. t.f.n. Ilyasov Aziz Baxtiyarovich. Tel. +998 99 869 72 77
2. t.f.n. Najmetdinova Dilfuza Farhadovna Tel. + 998 91 406 23 66
3. t.f.n. Abdullajanova Kamola Nizamiddinovna Tel. + 998 95 082 00 02

Hujjatlar onlayn va oflayn tarzda qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
• RIAVAGIATM direktori nomiga yozilgan ariza (PDF yoki asl nusxa)
• pasport (PDF yoki nusxa)
• bakalavr diplomi + diplom ilovasi (PDF yoki nusxa)
• 0-86У tibbiy ma`lumotnoma (PDF yoki nusxa)
• hujjatlar uchun papka

Hujjatlarni PDF formatida elektron pochta orqali yuboring!

klin.ordinatura@gmail.com

Полезные ссылки