Специальные возможности

Ta'lim simulyatsiyasi o'quv markazi

O`quv Simulyatsiya – Trening Markazi (O`STM) tug`ruq komplekslaridagi akusher – ginekolog, neonatolog , anesteziolog – reanimatolog  shifokorlari, akusherkalar va tibbiyot hamshiralarini diplomdan keyingi  o`qitish va malakasini oshirishga mo`ljallangan.

 

 Markazning tarkibiga kiradi:

  •  ma`ruzalar zali  (10-12 kursant)
  • akusherlik bloki (mulyajlar, fantomlar va simulyatorlar jamlanmasi)
  • ginekologiya  bloki  (mulyajlar ,fantomlar va simulyatorlar jamlanmasi)
  • reanimatsion-anesteziologiya bloki  (mulyajlar ,fantomlar va simulyatorlar jamlanmasi)
  • qahva ichish va tushlik uchun mo`ljallangan xona
  • kiyim qo`yish xonasi  (10-12 kursantlar uchun)  

Simulyatsiya-Trening markazi o`quv bazasida shifokor akusher-ginekologlar malakasini oshirish sikllari o`tkaziladi.

  1. “Akusherlik va Ginekologiyadagi zamonaviy amaliyotlar” – 72 soat
  2. “Akusherlikda qon ketishlar” – 18 soat
  3. “Shoshilinch akusherlik yordami” – 36 soat
  4. ”Qin, bachadon bo`yni, vulva kasalliklari. Kolposkopiya” – 36 soat

O`qitish pullik hisobda amalga oshirilib,  TVMOI presykurantlari bilan kelishilgan holatda.

O`quv mashg`ulotb tugagandan so`ng TVMOI muhri va rektor imzosi tushirilgan  sertifikat beriladi.

Qo`shimcha ma`lumotlarni olish uchun, o`qitishga yozilish va boshqa qiziqtirgan savollarga javobni  quyidagi  manzildan olishingiz mumkin. tim.abduraimov@yandex.ru

Полезные ссылки